“Harbiy ralli” jamoamiz qizgʻin musobaqaga shay

0
742

Jangovar vaziyatlarda toʻgʻri va aniq harakatlanish koʻnikmasini oshiradigan, harbiy xizmatchilarning haydovchilik mahoratini sinovdan oʻtkazadigan “Harbiy ralli” musobaqasida oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar bu yil beshinchi bor qatnashmoqda. Oʻtgan yili mazkur yoʻnalishdagi bellashuv Rossiya Federatsiyasi Tuva Respublikasi Qizil shahrida oʻtkazilgan edi.

2022-yilda esa musobaqa Rossiya Federatsiyasi va Mugʻulistonda boʻlib oʻtmoqda. Jamoamiz 12-avgust kuni Mugʻulistonning Ulaangom viloyatida musobaqada qatnashadigan harbiy texnikalarda yetib keldi.

“Harbiy ralli” musobaqasi turli vazifalarni oʻz ichiga olgan jami 4 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi. Bular:

  1. Yakka tartibdagi poyga;
  2. Taʼqib qilish bilan poyga;
  3. Otish;
  4. Jamoaviy poyga.

Musobaqa boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan hududga 4 ta davlat, yaʻni Rossiya, Oʻzbekiston, Belarus va Moʻgʻuliston jamoasi yetib kelgan.

Musobaqaning ochilish marosimi qizgʻin ruhda oʻtib, musobaqaning keyingi uchta bosqichi 17-avgustdan 19-avgustgacha Tuva Respublikasining Qizil shahrida o‘tkaziladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti