“ArMI—2022” musobaqasi ishtirokchilari Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 

0
1225

“ArMI—2022” Xalqaro armiya oʻyinlari doirasidagi “Qurolsoz usta”, “Dala oshxonasi” hamda “Xavfsiz muhit” musobaqasi ishtirokchilari Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bn yaqindan tanishdi.

Unda musobaqa ishtirokchilari harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan birga, bugungi kunda milliy armiyamizda olib borilayorgan islohatlar bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, mehmonlar harbiy qism boʻylab oʻquv binolari, yotoqxona, oshxona, madaniyat markazi, tibbiyot punkti, sport majmualari hamda harbiy shaharchada boʻlishdi.

Mehmonlarning oʻquv binosidagi “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi”ga bag‘ishlangan tematik oʻquv sinf xonalari va harbiy shaharchadagi “Xotira maydoni”ni ko‘zdan kechiridi. Yaratilgan sharoitlar e’tirof etildi.

Umuman olganda harbiy delegatsiya vakillari harbiy xizmatchilarimizning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashgʻulotlaridan tortib, axloqiy-ruhiy tayyorgarligi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati