Qoʻmondon yosh ofitserlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochiq muloqot oʻtkazdi

0
1369

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida xizmat qilishni boshlagan, xususan, joriy yilda oliy harbiy bilim yurtini tamomlagan yosh ofitserlar bilan oʻquv yigʻini tashkil etildi.

Yig‘in davomida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov hamda yosh ofitserlar uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda dastlab, qoʻmondon yosh ofitserlarga kerakli tavsiya va koʻrsatmalarni berib, oʻzining yosh ofitserlik davrini yodga oldi, tajribasi hamda harbiylik hayoti davomida bosib oʻtgan yoʻllari bilan ham oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, ikki haftalik oʻquv yigʻini davomida yosh ofitserlarning nazariy va amaliy bilimlari borasida koʻrsatayotgan natijasini baholab, ularni maʼnaviy-maʼrifiy, jangovar va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish hamda liderlik qobiliyatini shakllantirish lozimligi borasida koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida hamda xalqaro miqyosda oʻtkazilayotgan armiya oʻyinlari uchun saralash bosqichlarida yosh ofitserlar hamda ularning qoʻl ostidagi serjantlar oldi qatorda boʻlishi lozimligi aytib oʻtildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati