Psixologlarning malakasini oshirish yo‘lida hamkorlik

0
674

Mudofaa vazirligi harbiy-kasbiy saralash markazi va harbiy okruglar harbiy-kasbiy saralash organi xodimlarini 8-avgustdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida malaka oshirish kurslarida o‘qishni boshladi.

27-avgustda qadar davom etadigan mazkur o‘quv-uslubiy yig‘inning asosiy maqsadi O‘zbekiston milliy universitetining tajribali psixolog professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatidan foydalangan holda harbiy-kasbiy saralash organi xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, harbiy okruglarda nomzodlar bilan o‘tkaziladigan saralash tadbirlari sifati hamda samaradorligini oshirish, psixolog olimlar tomonidan yaratilayotgan psixologik test metodikalarini hamda xorijiy davlatlarda nomzodlarni harbiy xizmatga saralash tizimini o‘rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini ilmiy asoslangan holda qo‘shinlarimizga joriy etish hamda yig‘in qatnashchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsad qilingan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti