Qo‘mondon yosh ofitserlar tarkibi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

0
1561

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yosh ofitserlar bilan o‘quv-uslubiy yig‘ini o‘tkazildi. Yig‘in davomida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov ofitserlarga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarni berish bilan bir qatorda, o‘z tajribasi va harbiylik hayoti davomida bosib o‘tgan yo‘llari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbir avvalida bugungi kunda harbiy xizmatchilarimiz xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari va ko‘rsatayotgan natijalari haqida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni har bir ofitser xizmat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar, ularni bartaraf etish choralari, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishda hamda yuqori natijalarga erishishda ahamiyat qaratishi lozim bo‘lgan jarayonlar haqida gapirib, kerakli tavsiyalarni berib o‘tdi.

Tadbir qiziqarli suhbatlar va savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi. Yakunda esa yosh ofitserlarga okrug qo‘shinlari qo‘mondoning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati