Buxorodagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
1405

Buxoro viloyatidagi harbiy qismlarning birida “Yoshlar nuroniylar nigohida” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Unda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda boshqa mutasaddi korxona-tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

Harbiy qismga tashrif buyurgan mehmonlar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, o‘quv xonalari, kutubxona, trenajyor va sport zallarini ko‘zdan kechirdi.

Majmuaviy tadbirlar doirasida qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar namoyishi, faxriy qorovul guruhlarining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy xizmatchilarning zamonaviy trenajyorlarda o‘q otish bo‘yicha mashg‘ulotlari yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Tadbirda Buxoro tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati