“Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni” ijodiy koʻrik-tanlovini birinchi bosqichi oʻtkazildi

0
899

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini boyitish, ularning ongida tariximiz, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat hamda ehtiromni yuksaltirish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom raqobat ruhini shakllantirish maqsadida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yonalishida koʻplab tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlarida qo‘mondonligi harbiy xizmatchilarining adabiyotga boʻlgan qiziqishi va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, buyuk ajdodlarimizning nodir meroslari va ibratli hayotini chuqur oʻrgatish maqsadida ular oʻrtasida “Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni” ijodiy koʻrik-tanlovining birinchi bosqichi oʻtkazildi. Tanlov oʻtkazish nizomiga muvofiq, ishtirokchilar “Oʻtkir Hoshimov hayoti va ijodiga nazar” hamda “Tezkor savol-javob” kabi shartlar boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Ishtirokchilarning chiqishlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan odilona va shaffof tarzda har bir shart yakunida baholab borildi.

Tanlov natijalariga koʻra, umumiy 29 ball bilan oddiy askar Anvar Abduqahhorov gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tanlovning navbatdagi – Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti