Chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish

0
1339

Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinov boshchiligida okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda 2022/2023-oʻquv yilining I chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qoʻmondon oʻrinbosari o‘tgan chorak davomida okrug qoʻshinlarida erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda oʻtkazilgan tadbirlarning samaradorligi xususida maʼruza qildi.

Shundan soʻng mas’ul harbiy xizmatchilar tomonidan 2022/2023-oʻquv yilining II choragi uchun rejalashtirilgan vazifalarni muhokama qilinib, har bir yoʻnalish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida I chorak davomida namunali xizmat qilgan bir guruh harbiy xizmatchilar okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan ragʻbatlantirildi, harbiy qismlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor harbiy qism”, “Eng ilgʻor batalyon” hamda “Eng ilgʻor vzvod” nominatsiyasi boʻyicha faxrli oʻrinlarni qo‘lga kiritgan komandirlarga koʻchma kuboglar topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati