“Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining okrug bosqichi o’tkazildi

0
968

Qarshi shahridagi yoshlar markazida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlarda o‘tkazilgan bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 nafar harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Kitobxon harbiylar 3 ta — “Ozbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” shartlarida bilimlarini sinovdan o’tkazdi.

”Bugungi kunda kitob va uning mutolaasiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Harbiy xizmat murakkab va sharafli jarayon. Harbiylarning aniq belgilangan jangovar hamda aqliy-jismoniy vazifalari bor. Mazkur vazifalar qatorida yurt posbonlarining kitobga oshnoligi, badiiy asarlarni ham mutolaa qilishi shaxsan meni quvontiradi”, — deydi tanlovda hakamlik qilgan Qarshi davlat universiteti doktoranti Muyassar Tilobova.

Yakuniy natijalarga ko’ra, oddiy askar Do’sbek To’raboyev birinchi o’rinni egallab, tanlovning Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar faxriy yorliq hamda esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati