Adib xotirasiga ehtirom ko’rsatildi

0
920

Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan “O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning yorqin xotirasi va ijodiga ehtirom” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy kecha tashkil qilindi.

O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda adibning turmush o‘rtog‘i  O‘lmasxon Hoshimova, farzandi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Farrux Hoshimov yozuvchining hayoti, ijodi, asarlarining yaralish tarixi haqida harbiy xizmatchilarga qiziqarli ma‘lumotlar berdi. Shuningdek, iqtidorli harbiy xizmatchilar tomonidan O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi” kabi asarlaridan parcha monologlar ijro etildi.   

Qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o’tgan ijodiy uchrashuvda harbiy qism kutubxonasiga sevimli adibimizning mashhur asarlari topshirildi.

Leytenant Dilshod RO‘ZIQULOV, Mudofaa vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti