Fargʻona shahridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat markazida” harbiy xizmatchilar va ularning oilalari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda okrug masʼul ofitserlari, Fargʻona viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, okrug xotin qizlar va oilalar bilan ishlash yetakchi mutaxassislari, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tanlov qatnashchisi boʻlgan 12 ta oila vakillari “Tanishtiruv”, “Biz kitobxon oilamiz” va “Badiiy va maʼnaviy savodxonlik bellashuvi” shartlari boʻyicha bellashdilar. Ularning chiqishlari hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan munosib baholab borildi.
Qiziqarli bellashuvlar yakunida gʻoliblar nomi maʼlum boʻldi, ularga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati