LABORATORIYA BO‘LIMI

0
931

Laboratoriya bo‘limi 3 ta alohida bo‘linmadan tashkil topgan: laboratoriya bo‘linmasi, tibbiy ekspress diagnostika laboratoriyasi, yuqumli immunologik laboratoriya (OITS laboratoriyasi bilan).

Klinik-diagnostik laboratoriya umumiy klinik, biokimyoviy, bakteriologik, serologik, sitologik, gematologik, immunoferment, PZR, immunologik tahlillar, bundan tashqari OIV va gepatitning tezkor tahlillarini o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Hozirgi kunda laboratoriya bo‘limida oliy malaka toifasiga ega 5 nafar vrach laborant va 12 nafar laborant faoliyat yuritmoqda.

Laboratoriya bo‘limi ish jarayonida quyidagi apparatlardan foydalaniladi:

– avtomatik gematologik analizator;

– avtomatik biokimyoviy analizator;

– immunoferment analizator – 50 dan ortiq tahlillarga mo‘ljallangan: virusli infeksiya, onkologiya, gormonlar va allergiya diagnostikasiga uchun;

– koagulometr – qon ivish tizimi diagnostikasi uchun;

– immunoxemilyuminissent analizator (IXLA) – soatiga 180 ta test o‘tkazadi: infeksiya, onkologiya, gormonlar va allergiya diagnostikasi uchun;

– real vaqt rejimida ishlaydigan PZR analizatori– tekshirilayotgan biologik materialda spesifik DNK (RNK) ni “sifat” va “miqdor” ini aniqlashga mo‘ljallangan;

Hozirgi vaqtda laboratoriya bo‘limida quyidagi tahlillar amalga oshirilmoqda:

Umumiy klinik tahlillar: umumiy qon tahlili (kegaytirilgan), qon ivishi, umumiy peshob tahlili, Nechiporenko bo‘yicha peshob tahlili, Reberg probasi, Zimniskiy probasi, ginekologik surtmada gonoreya va trixomonada tahlili, eyakulyat (spermagramma) tahlili, prostata soki, umumiy ekskrement tahlili, FOB (yashirin qon ketish tahlili), qon va peshobda glyukozani aniqlash, peshobda O‘P (JP) aniqlash, orqa miya suyuqligi, ekssudat va transsudat, balg‘amda BK (batsilla Koxa)ni aniqlash.

Qonning biokimyoviy tahlili: ALT, AST, alfa amilaza, ishqoriy fosfataza, kreatinkinaza, albumin, bilirubin, mochevina, kreatinin, xolesterin, past zichlikdagi lipoproteidlar, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar, triglitserid, siydik kislotasi, elektrolitlar, qon zardobidagi temir, glyukoza, umumiy oqsil va b.

Bakteriologik tahlillar: ichak disbakteriozi, axlatning ichak guruhi infeksiyalariga, ko‘z, burun, jarohat, qin, uretra, ko‘krak suti mikroflorasi va b. bakteriologik ekmalar, peshobning bakteriologik ekmalari, qonning sterillikka tahlili, gemokultura, antibiotikogramma (antibiotikka sezgirlik), patogen stafilokokk tashuvchiligi tahlili va b.

Serologik tahlillar: kardiolipin antigeni (RW), SRO, RF, ASLO.

Immunoferment tahlillar: TORCH-infeksiyalar (SMV, OGV, Toksoplazma, Rubella, Ureaplazma, Mikoplazma, Xlamidiya), gormonlar (TTG, T3, T4, prolaktin, PSA, FSG, estradiol, testosteron ), gepatit «V» va «S», OIV infeksiya.

Tezkor tahlillar: qonning gepatit «V», «S» va OIV infeksiyalari.