Sog’lom ruhiy barqarorlikni shakllantirishga qaratilgan psixologik mashg’ulotlar

0
1164

Markaziy harbiy okrugda “Ruhiy sog’lomlashtirish” kuni munosabati bilan yosh harbiy xizmatchilarni oilaviy hayotga tayyorlashda, nikoh motivlarining bir necha turlari bo’yicha psixologik mashg’ulot bo’lib o’tdi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash eng muhim masalalardan biri bo’lib, bu muammo faqat shaxsiy, boshqalarga aloqasi yo’qday ko’rinadi, ammo bu qarash millatimiz ravnaqiga, xalqimiz odobiga, kelajagiga, nasl-nasabiga putur yetkazishdan saqlovchi omildir.

Oila mustahkamligini taminlashning asosiy yo’li bo’lgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo’lmaydigan, jiddiy yondashishni talab etuvchi dolzarb masala hisoblanadi.

Psixologik mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga Samarqand Davlat universiteti psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi, Markaziy harbiy okrug psixologi va yetakchi sotsiologlari tomonidan mavzu yuzasida kerakli tavsiyalar berib o’tildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilarning oilaviy hayotga nisbatan qarashlari to’g’risida so’rovnoma ham o’tkazildi va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarning oilalarida sog’lom muhitni shakllantirishga, o’zaro qo’llab-quvvatlash, vatanparvarlik va shukronalik hissini oshirishda xizmat qilib kelmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati