Bolajonlarga quvonch ulashgan harbiy xizmatchilar  

0
916

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Karmana tumanida joylashgan “Ishonch” bolalar sog’lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurdi.

Oromgohlarda hordiq chiqarishning gashti oʻzgacha, albatta. Yangi doʻstlar, togʻ yonbagʻrlariga sayohat, koʻngilochar oʻyinlar. Xullas, oromgohda oʻtgan har bir kun ana shunday unutilmas va taassurotlarga boy boʻladi. Eng asosiysi, yozgi taʼtilda maroqli dam olgan har bir oʻgʻil-qiz yangi oʻquv yilida oʻzgacha kayfiyat, kuch-gʻayrat bilan bilim olishga kirishadi.

Oromgohga tashrif buyurgan bolalarning harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish, bo’sh vaqtini yanada samarali tashkil etish maqsadida harbiy orkestr jamoasi tomonidan o‘zida Vatanga muhabbatni aks etgan kuy-qo’shiqlari yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.

Faxriy qorovulning tantanali chiqishlari kelajakda harbiy xizmatchi bo‘lishni orzu qilgan bolajonlarning qiziqishlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgani shubhasiz. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi, faol ishtirok etgan bolajonlar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati