Nazariy bilimlar amalda mustahkamlandi

0
1205

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza boʻlinmalar mutaxassislarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Fargʻona dala oʻquv maydonida oʻquv uslubiy yigʻin o‘tkazildi.

Mazkur dala chiqishlarining asosiy maqsad etib mutaxassislar bilan maxsus-taktik tayyorgarlik, otish tayyorgarligi hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha amaliy koʻnikmalarini oshirish belgilandi.

Mashgʻulotlar tajribali ofitser va yoʻriqchi serjantlar tomonidan yangi meʼyorlar toʻplamiga asosan kunduzi va tunda olib borildi. Barcha oʻquv fanlari boʻyicha amaliy meʼyorlar dastlab osondan murakkabga, keyinchalik musobaqadoshlik tartibida tashkil etildi. 

Oʻylaymizki, bunday dala koʻnikmalari radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza boʻlinmalar mutaxassislarining jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati