Farg‘onadagi harbiy gospitalda soha xodimlarining kasbiy mahoratlari mustahkamlandi

0
1138

Sharqiy harbiy okrug Fargʻona garnizoni harbiy gospital shaxsiy tarkibi jangovar shayligi hamda ularning soha yoʻnalishlari boʻyicha nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida ikki kunlik oʻquv-uslubiy mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlar okrug masʼul ofitserlari nazoratida olib borildi.

Oʻquv mashgʻulotida garnizondagi hamkorlikdagi kuch tuzilmalar, harbiy qism va muassasalarning tibbiyot xodimlari ham jalb qilindi.

Erta tongdan harbiy gospitalga berilgan yigʻin signali boʻyicha barcha shaxsiy tarkib oʻz vaqtida belgilangan joyga yetib keldi va oʻzlarining boʻlinmalari tomonidan berilgan vazifalar boʻyicha xizmatlarini davom ettirdi.

Harbiy gospital hududida tibbiy yordam koʻrsatish borasida barcha oʻquv nuqtalar yoyilgan boʻlib, unda mutaxassislar tomonidan amaliy mashqlar koʻrsatib berildi.

Bemor harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari, fuqarolarni qabul qilish va ularga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish, yaqin masofada boʻlgan mahalliy shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida amaliy koʻnikmalar mustahkamlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati