Samarqandda harbiy xizmatchilarining oilalari “Qoʻmondon kubogi” uchun sport musobaqalarida bellashdi

0
862

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi miqyosida harbiy xizmatchilarining oilalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, maʼnan va jismonan baquvvat, mustahkam irodali yoshlarni tarbiyalash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida ushbu sohada ishlar samaradorligini yanada oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Otam, onam va men – sportchi oilamiz” sport oʻyini musobaqasining “Qoʻmondon kubogi” bahslari oʻtkazildi.

Musobaqada okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda o‘tkazilgan, yaʼni dastlabki bosqichda gʻolib deb topilgan 13 nafar oila vakillari ishtirok etdi.

Musobaqa shartlariga koʻra oilalar “Tezkor estafeta”, “Mohir hujumchi”, “Arqon tortish” va “Qiziqarli milliy oʻyinlar” shartlari boʻyicha bellashdilar.

Shiddatli, chaqqonlikni talab qiluvchi shartlardan muvoffaqiyatli oʻtgan harbiy oilalar aniqlandi va yakunda okrug qoshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov tomonidan taqdirlandi. Musobaqa g‘olibi bo‘lgan Samarqand garnizonidagi katta serjant Oybek Nurqulovning oilasiga “Qoʻmondon kubogi” topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati