Texnik ta’minot boshqaruv organlari va bo‘linmalarining mutaxassislari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

0
1294

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Buxoro garnizonidagi harbiy qism va dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi texnik ta’minot boshqaruv organlari va bo‘linmalarining mutaxassislari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot avvalida harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng o‘quv ishtirokchilari harbiy texnikalardan sifatli foydalanish, nosozlik yuzaga kelsa uni bartaraf etish borasida soha mutaxassislaridan tegishli ko‘rsatmalar oldi.

O‘quv mashg‘ulotining amaliy qismi dala-o‘quv maydonida o‘rin olgan maxsus o‘quv nuqtalarida kechdi. Xususan, harbiy qism ta’mirlash guruhi kuch vositalarini hududiy ishlab chiqarish korxonalarida yoyish, kuch tuzilmalarining safdan chiqqan harbiy texnikalarini tiklash hamda harbiy qism yong‘in guruhining yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari amaliy ko‘rsatib berildi.

Darhaqiqat, bir necha kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlari soha vakillarining o‘zaro tajriba almashishi, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlanishiga xizmat qildi.

O‘quvlarda faol ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati