Korrupsiya xavf-xatarlarini oldini olish borasidagi davra suhbatlari

0
595

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i va Qurolli kuchlar xizmatchilari tomonidan 2022 yil boshidan korrupsion xav-xatarlarning oldini olish hamda “manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik”, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi  omillar  yuzasidan targ‘ibot va tashqiqot ishlari olib borildi.  Jumladan, THO, MHO, SHHO, JGʻMHOga qarashli harbiy qism va muassasalar shaxsiy tarkibiga korrupsiya bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga zamin yaratuvchi shart-sharoitlarni tanqidiy tahlil qilish hamda shaxsiy tarkibni korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlardan saqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan 168-modda (“Firibgarlik”), 210-modda (“Pora olish”),  211-modda (“Pora berish”),     212-modda (“Pora olish-berishda vositachilik”), 213-modda (“Xizmatchini pora evaziga og‘dirish ”) va 214-moddaning (“Mulkiy manfatdor bo‘lish”) mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga sharhlab berildi.

Muqaddam shunga o‘xshash jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari  shaxsiy tarkib o‘rtasida muhokama qilinib, bunday holatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi borasida tushuntirishlar berildi.