Chirchiqda o‘zbek tili bayramining 32 yilligi nishonlandi

0
559

Til — millat tafakkurining bebaho xazinasi. Uni asrab-avaylash tufayli millat yuksaladi, rivojlanadi. Har bir millatning o‘z ona tili bor ekan, mamlakat barhayot yashaydi.
Chirchiq shahridagi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, taniqli shoir Dilshod Rajab, Chirchiq shahar ma’naviyat-ma’rifat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Dilfuza Ergashova, harbiylar ishtirok etdi.

Tadbirda o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchiligimiz timsoli ekanligi, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida ona tilimizning g‘oyatda muhim o‘rin tutishi haqida so‘z bordi. Ishtirokchilar o‘zbek tili dunyodagi eng boy va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan buyuk tillar sirasiga kirishini angladi.
Yakunda harbiylar o‘zbek tili haqidagi o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Azim Axtamov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti