Samarqand hamda Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazilmoqda

934

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand hamda Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismlarda qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini har tomonlama tekshirish maqsadida nazorat va inspektorlik tekshiruvlari boshlandi.

Ta’kidlash joizki, bo‘linmalarda o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tekshiruvlarda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga har tomonlama baho beriladi. Shu bois o‘tkazilayotgan sinov mashg‘ulotlari Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Kadirjon Tursunov boshchiligida ma’sul ofitserlar ishtirokida kuzatib borilmoqda.

Harbiy qismlardagi nazorat tekshiruvlari saf ko‘rigi bilan boshlandi. Unda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, serjantlar va ofitserlar tarkibining hujjatlari, safar xaltasi, qurol-aslaha va anjomlari tekshirildi.

Shundan so‘ng shaxsiy tarkib bilan saf, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, jismoniy-ruhiy, qo‘l jangi hamda komondirlik tayyorgarligi bo‘yicha nazariy va amaliy sinovlar o‘tkazildi.

Bu tarzda olib borilayotgan sinov jarayonlari yurt posbonlarining jangovar tayyorgarligini har tomonlama oshirish, ularning komandirlik boshqaruvi va favqulodda holatlarda to‘g‘ri va aniq harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Tekshiruvlar davomida okrug tasarrufidagi dala-o‘quv maydonlarida amaliy nazorat sinovlari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati