“Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘lagan yurt!”

0
989

Bugungi kunda mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularning ijtimoiy himoyasidir.

Ana shunday ezgu maqsadda Markaziy harbiy okrug Kattaqo‘rg‘on garnizonida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘lagan yurt” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi. Harbiy xizmatchilar va harbiy orkestr jamoasi  “Yakkabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, yurtdoshlarimiz uchun konsert dasturi tashkil qilishdi.

Konsert davomida harbiy orkestr tomonidan ijro qilingan harbiy-vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlar mahalla fuqarolariga ko‘tariki kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari yoshlarning harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini yanada oshirgan bo‘lsa ajabmas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati