Samarqandda “Askar qo‘shig‘i” ko‘rik tanlovining okrug bosqichi g‘oliblari aniqlandi

0
1010

Markaziy harbiy okrugining ma’naviyat va ma’rifat markazida okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassalarda xizmat burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Askar qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi o‘tkazildi.

Unda Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonlaridan qatnashgan muddatli harbiy xizmatchilar saf, estrada hamda lirik yo‘nalishdagi qo‘shiqlar bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Ko‘rik tanlov davomida san’atga oshno askarlar milliy o‘zligimzni anglatishga qaratilgan, mardlik va matonatni madh etuvchi, milliy armiyamizga g‘urur hissi uyg‘otuvchi, harbiy xizmatning nufuzini oshiruvchi harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni, ayniqsa, mahorat bilan ijro etishdi.

Xar bir ishtirokchining ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar madaniyat va san’at sohasining mutaxassislaridan iborat hakamlar jamoasi tomonidan munosib baholanib borildi.

Yakunda ishtirokchilar orasidan har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga respublika bosqichi uchun yo‘llanma, okrug qo‘mondonligining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati