Qurbon hayiti munosabati bilan harbiy qismlarda oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi

0
1031

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining tashabbusi bilan Jizzax hamda Navoiy garnizonilaridagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun Qurbon hayiti munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada harbiy xizmatchilar uchun harbiy qism va muassasalarda mavjud bo‘lgan yordamchi ho‘jaliklar, mahalliy fermer va dehqonlar hamda tadbirkorlar tomonidan sifatli, barcha standartlarga mos, asosiysi, bozor narxidan arzonroq oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya qilindi.

Ushbu yarmarkani harbiy qismlarni o‘zida tashkil qilinishi, mahsulotlarning arzon va sifatliligi, qolaversa, xizmat joyidan turib xarid qilish imkoniyati mavjudligi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini xursand qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati