Yoshlar uchun “bir oylik armiya” badal pullari to‘lab berildi — Qashqadaryo

0
1389

Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi,  Yoshlar ishlari agentligi,  Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari, mahalla yetakchilari hamda  faol yoshlar ishtirok etdi.

Unda bir guruh “Yoshlar daftari”ga kirgan yigitlarga haydovchilik guvohnomalari hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi — xalq tilida aytganda “bir oylik armiya” uchun to‘lovlar ko‘rsatilgan sertifikatlar topshirildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 335 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun 1 mlrd 935 mln 851 ming so‘m, 314 nafar yoshlarning esa haydovchilik kursi uchun 376 mln 800 ming miqdoridagi to‘lovlari amalga oshirildi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun har bir yoshga 5 mln 778 ming 660 so‘mdan, haydovchilik kursi uchun esa 1 mln 200 ming so‘mdan to‘lab berildi.

Tadbirda taqdirlangan yoshlar o‘zlariga berilayotgan bu kabi imkoniyatlarga javoban kelajakda Vatan taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishga va’da verdi.   

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati