III хalqaro harbiy sport o‘yinlari:  Mudofaa vazirligi jamoasidan ilk medallar shodasi

0
1414

Xabaringiz bor, Qozog‘istonning Almati shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mudofaa vazirliklari kengashining 30 yilligiga bag‘ishlangan MDHga a’zo davlatlar armiyalari o‘rtasida III harbiy sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qizg‘in bahsa va munozaralarga boy o‘tayotgan musobaqalarda Mudofaa vazirligi terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etib, dastlabki medallarni qo‘lga kiritishdi.

Xususan, “Harbiylashtirilgan kross” bellashuvining shaxsiy birinchiligida kichik serjant Bekzod Toshpo‘latov 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, kichik serjant Saida Abdumuminova 3-o‘rin sohibasi bo‘ldi. Mazkur bahslarda Mudofaa vazirligi terma jamoasi vakillari ishonchli harakatlarni amalga oshirib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qayd etishdi.

“Shaxsiy quroldan o‘q otish” o‘yinlarida esa kichik serjant Yana Fatxi 275 ochko bilan mutlaq g‘alabaga erishgan bo‘lsa, mayor Doniyor Jumanov 275 ochko bilan kuchli uchlikdan o‘rin oldi. Umumjamoa hisobida esa vakillarimiz 2-o‘rinni band qilishdi.

Ayni vaqtda hamyurtlarimiz «Ofitserlar uchkurashi», «Armiya qo‘l jangi» va  PM shtat qurolidan o‘q otish sport musobaqalarida g‘oliblik uchun harakat qilishmoqda.

Harbiy sportchilarimizga omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz.