“Ma’naviyat karvoni” gala-konserti harbiy xizmatchilarga xushkayfiyat ulashdi

0
912

“Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida o‘tkazilayotgan ijodiy uchrashuvlarning navbatdagisi Markaziy harbiy okrugda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Tolib Xojiyev va Sayyora Qoziyeva, shoira Malika Salimova, xonandalar Iroda Iskandarova, Mohira Asadova, Umid Shahobov, Nazokat Jabborova hamda Vahob Rustamov tashrif  buyurishdi.

Ijodiy uchrashuv xonandalarning bir-biridan sho‘x kuy-qo‘shiqlari ijrosi bilan boshlanib,  gala-konsertga ulanib ketdi. Harbiy xizmatchilarni o‘ziga chorlagan ushbu konsertda xalqimizning sevimli san’atkorlari, taniqli manaviyat targ‘ibotchilari ishtirok etgani barchaga xushkayfiyat ulashdi. 

O‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar harbiy xizmatchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, madaniy hordiq chiqarishlariga xizmat qilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati