Muddatli harbiy xizmatchilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

0
860

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda Farg‘ona viloyat hokimligi mutasaddilari va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillarining muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida kechdi.

Hokimlik mutasaddilari va yoshlar yetakchilari bilan o‘tgan uchrashuvda asosiy urg‘u iste’dodli va qobiliyatli muddatli harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turli tanlovlarda ishtiroklarini ta’minlash hamda munosib rag‘batlantirib borish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida mutasaddilar tomonidan askarlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Xususan, harbiy qismlardagi har bir yosh harbiy xizmatchining kasbiy o‘sishi, bilim olishi va professionalashuvi borasida kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng mehmonlar harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati