Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga manzur bo‘lgan uchrashuv

0
920

Markaziy harbiy okrug  madaniyat  va ma’rifat markazida Respublika manaviyat va ma’rifat markazi eskperti, taniqli olima, falsafa fanlari doktori, xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuhammedova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ma’rifat targ‘ibotchisi, iqtisod fanlari nomzodi Obiddin Maxmudov  ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab “Madaniyat karvoni” shiori ostida madaniyat xodimlari turli maskanlarda bo‘lib, fuqarolarimiz bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Okrug madaniyat  va ma’rifat markazida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv ham “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida kechdi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan birga muddatli harbiy xizmatchilar ham faol ishtirok etdi.

Tadbirda taniqli olima Jamila Shermuxammedova mamalakatimizda oilani mustahkamlashning huquqiy asoslari, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oila institutlarini mustahkamlash, yosh oilalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi hamkorligini ta’minlash kabi ko‘plab aktual mavzularda qiziqarli ma’lumotlarni misollar orqali keltirdi.

Uchrashuv davomida iqtisod fanlari nomzodi Obiddin Maxmudov qalamiga mansub “Farzandnoma” asari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi o‘z kitobiga tarif berar ekan, uning muhm ahamiyatlari haqida, xususan, oila mustahkamligi va farzand tarbiyasida foydali jihatlarini batafsil so‘zlab berdi.

Tadbir so‘ngida “Oila mustahkamligi” mavzusida videorolik namoyish etilib, tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga kitoblar sovg‘a qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati