Kattaqo‘rg‘onda harbiy xizmatchilar, madaniyat va san’at vakillari ishtirokida festival o‘kazildi

0
817

Respublikamiz bo‘ylab joylarda “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, kino namoyishlari, konsert dasturlari, bir so‘z bilan aytganda «Ma’naviyat festivallari» o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Kattaqo‘rg‘on shahrida  tashkil qilinib, yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda shahar aholisi ishtirok etdi.

7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan yuzlab aholini qamrab olgan keng ko‘lamli festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan xalqimizning sevimli san’atkorlari, teatr va kino aktyorlari, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etib, o‘zlarining chiqishlari bilan yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi. Ayniqsa, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Umuman olganda bu kabi uchrashuvlar har bir kishi ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, hayotdan manmun bo‘lishga, undan zavq olib yashashga undaydi. Ko‘zlanagan asosiy maqsad ham shu – xalqimiz tinchligi, yurtimiz osoyishtaligini ta’minlash, uni keng omma ichida targ‘ib qilish, qolaversa, madaniy merosimizning o‘ziga xos xususiyatlari, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yoritish, aholi o‘rtasida Vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirishdir.

Elimiz sevgan san’atkorlar, kino va teatr ijodkorlari, ma’naviyat targ‘ibotchilaridan iborat “Madaniyat karvoni” o‘z yo‘lida davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati