Fotoreportaj: “Davlat gerbi — mustaqillik timsoli”

0
1055

Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, kursantlar, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda ishchi xizmatchilari joylarda keng jamoatchilik vakillari bilan targ‘ibot tadbirlarini olib bordi.

Xususan, erta tongdan boshlangan bayram tantanalarida armiya va xalq yakdil bo‘lib, “Davlat gerbi — mustaqillik timsoli” shiorini baralla kuylashdi. Joylarda markaziy ko‘chalar bo‘ylab “Vatanparvar avtokarvoni” harakatlandi, harbiy orkestr jamolari esa konsert dasturlari namoyish etdi. Bundan tashqari faol va iqtidorli yoshlar ishtirokida sport o‘yinlari, turli ko‘rik-tanlovlar, marafonlar o‘tkazildi.

Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Toshkent harbiy okrugi
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubiy operativ qo‘mondonligi
Janubiy operativ qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtirgan gerbimizning 30 yilligi tantanalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. 

Mudofaa azirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti