Respublika targ‘ibot guruhi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi

0
702

Markaziy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun “Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Unda Respublika targ‘ibot guruhi tarkibida bo‘lgan taniqli ijodkorlar, san’atkor, qiziqchi, aktyor va aktrisalar ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlarning ma’naviyat va ma’rifatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, yurtimizda bunyodkorlik ruhini yaratish, mustaqillikning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, uchrashuvda so‘zga chiqqan taniqli ijodkorlar yurtimizda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish ekanini ta’kidlashdi.

Shuningdek, kelajagimiz egalarini vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning nechog‘liq ahamiyatga ega ekanligi san’atkorlar ijrosidagi turli sahna ko‘rinishlari orqali keng ochib berildi.

Uchrashuv davomida poytaxtdan tashrif buyurgan xonandalar va harbiy orkestr tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, so‘z ustalarining chiqishlari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati