Navoiyda harbiy oilalar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

0
620

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilarning band boʻlmagan oila aʼzolarini mehnat bozoridagi kasblarga yoʻnaltirish maqsadida okrug qoʻmondonligi, Navoiy harbiy prokuraturasi hamda viloyat bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida Navoiy viloyatidagi 50 ga yaqin ish beruvchi korxona va tashkilotlar oʻzlarining 500 dan ortiq boʻsh (vakant) ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Korxona va tashkilotlardan tashrif buyurgan vakillar harbiy oilalar uchun oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Tadbirda asosan xizmat joyini oʻzgartirib yaqinda Navoiy garnizoniga kelgan harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari oʻzlariga mos boʻlgan ish oʻrinlari bilan tanishdilar. Natijada, yarmarka davomida 20 ga yaqin oila bilan ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, 40 ga yaqin oilalarga ishga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma berildi.

Shuningdek, 13 nafar harbiy xizmatchining turmush oʻrtogʻiga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga tayyolarlash, qayta tayyorlash uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati