Nurota ahlini vatanparvarlikka undagan festival

303

Yurtimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” degan ezgu gʻoya asosida oʻtkazilayotgan yoshlar festivali Navoiy viloyati yoshlariga ham bir olam quvonch va baxtli onlarni taqdim etdi.

Nurota tumani hokimligi hamda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamkorligida tashkil etilgani olis hududga bayram yoshlarni yangi mararalar sari dadil qadam tashlashga undadi.

Navoiy garnizoni harbiy orkestri sadolari ostida tuman markazidan boshlangan “Sogʻlom turmush uchun 5000 ming qadam” salomatlik aksiyasi tumandagi 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan yurtdoshlarimizni birlashtirib, sogʻlom turmush tarzini tuman miqyosida targʻib etishga xizmat qildi.

Tumandagi amfiteatrda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qoʻl jangi va saf elementlariga oid koʻrgazmali chiqishlar yurtdoshlarimiz qarsaklariga sababchi bo‘ldi.

Shuningdek, festival davomida tumanning bir guruh yoshlari va maktab bitiruvchilar munosib taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati