Ulan-Bator “Katta Dubulg‘a” turniri qahramonlari Vatanga qaytishdi

0
652

Uch kun davomida Mog‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bolib o‘tdi.

Musobqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 31 davlat orasida 5-orinni egalladi.

Quvonarlisi, mamlakat terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi sportchilari quyidagi o’rinlarni qo’lga kiritishdi:

Oltin medal

  • -52 kg: oddiy askar Diyora Keldiyorova (O’R MV SM)

Kumush medal

  • -90 kg: leytenant Davlat Bobonov (JG’MHO sport vzvodi)

Bronza medal

  • -70 kg: kichik serjant Gulnoza Matniyazova (O’R MV SM)

Bugun terma jamoamiz delegatsiyasi Ulan-Batordan yurtimizga qaytib keldi. Dzyudochilarimizni federatsiya va Mudofaa vazirligi mutasaddilari, ularning oila a`zolari kutib olishdi.