Samarqandda to‘rt kunlik yoshlar festival yakuniga yetdi

0
869

Avval xabar berganimizdek Samarqand shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi to‘rt kunlik yoshlar festival oʻz yakuniga yetdi.

Festivalning uchinchi kunida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligining tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Vatanparvar” bogʻida Yoshlar festivali takshil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat Kengashi tomonidan yoshlar uchun sport texnikalari koʻrgazmasi hamda havo miltigʻidan oʻq otish boʻyicha musobaqalari oʻtkazilgan boʻlsa, garnizondagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlar oʻrtasida “Sunʼiy toʻsiqlar yoʻlagida oʻtish”, “Temur tuzuklari bilimdoni” va “Yangi Oʻzbekiston mening nigohimda” shiori ostida rassomchilik koʻrik tanlov va musobaqlar oʻtkazildi.

Festivalning badiiy qismida qoʻl jangi sahnasi va faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etilib, harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Shu kuni viloyat miqyosida oʻtkazilgan yoshlar festivalining yakuniy gala konsert dasturida unda viloyat sektor rahbarlari hamda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoshlarni va faol soha xodimlarini taqdirlashdi.

 

Shundan soʻng, poytaxtdan kelgan sanʼatkorlar ishtirokidagi gala-konsert dasturlari Samarqand ahli uchun unutilmaslar onlarni taqdim etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati