Mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarning Farg‘ona viloyati g‘oliblari aniqlandi

0
836

Mudofaa vaziri kubogi uchun Farg‘ona shahridagi sport majmuasida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan tuman va shaharlarda g‘olib bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Milliy kurash” va “Tosh ko‘tarish” musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa Farg‘ona viloyati hokimi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Farg’ona viloyati mudofaa ishlari boshqarimasi, tuman va shahar mudofaa ishlari bo’limlari boshliqlari, Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligining viloyat kengashi, sektor rahbarlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib  o‘tdi.

“Milliy kurash” va “Tosh ko‘tarish” musobaqalari viloyatning kurash hamda tosh ko‘tarish federatsiyasi hakamlari tomonidan baholab borildi. Har bir vazn toifasida sportchilar murosasiz va shiddatli bahs olib bordi.

Albatta, bugungi yoshlarimiz, jismonan baquvvat, ruhan sog‘lom bo‘lgani mana shunday musobaqalarga o‘z aksini topdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra “Milliy kurash” bo‘yicha 60 kg vazn toifasida Marg‘ilon shahridan Abdurahmon Tolipov, 66 kg vazn toifasida Farg‘ona shahridan Muhammadrasul Raxmonov, 73 kg vazn toifasida Oltiariq tumanidan Oybek Xoshimov, 81 kg vazn toifasida Oltiariq tumanidan Muhammadjon To‘xtasinov lar musobaqada munosib ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Tosh ko‘tarish” musobaqasida esa, 60 kg vazn toifasida Bog‘dod tumanidan G‘.Xabibullayev, 65 kg vazn toifasida F.Tojimatov, 70 kg vazn toifasida Quvasoy tumanidan M.Suyunov, 75 kg vazn toifasida esa Yozyovon tumanidan F.Mirzakarimovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Barcha g‘oliblar viloyat hokimligi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, sportni rivojlantirish boshqarmalari va yoshlar ishlari agentliklari tomonidan munosib rag‘batlantirib, respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoitlar yaratib berilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati