Moskva shahrida MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

0
880

24-iyun kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi tashkil topganining 30 yilligiga bagʻishlangan navbatdagi 80-majlisi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston delegatsiyalari ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida qoʻshinlar (kuchlar)ning operativ va jangovar tayyorgarligi darajasi hamda harbiy xizmatchilarining harbiy-kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida 2023-yilga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.

Shuningdek, yigʻilishda jismoniy tarbiya va sport sohasida harbiy hamkorlikka oid va boshqa masalalar ham koʻrib chiqilib, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi formatida “Tinchlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun” medalini taʼsis etish taklifi qoʻllab-quvvatlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti