Qarshida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali

0
853

Qarshi shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivaliga o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondoni, davlat va jamaot tashkilotlari vakillari, estrada yulduzlari hamda minglab aholi ishtirok etdi.

Festivalda davomida so‘ga chiqqanlar, yurtimizda “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan turli musobaqalarga va ularning yoshlar hayotidagi o‘rniga alohida to‘xtalib, bu boradagi harbiy xizmatchilarning mehnatini e’tirof etishdi.

Tadbir davomida 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tanlov vamusobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallaganlar taqdirlandi.

Bayram tadbirining badiiy qismida Qarshi garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi konsert dasturlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Ulugʻbek Rahmatullayev, Rayxon Gʻaniyeva singari el suygan sanʼatkorlar chiqishlari tadbirning kulminatsion nuqtasi boʻldi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati