Velosportchilarimiz Hindistonda oʻtgan Osiyo chempionatini sakkizta medal bilan yakunlashdi

0
494

Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. 18-22-iyun kunlari oʻtgan musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta medal qoʻlga kiritishdi.

Bugun chempionatning yakuniy kuni Indira Gandi arenasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Farruh Bobosherovning gʻalabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Yoshlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishgan edi.

Velosport boʻyicha Osiyo chempionati: yigitlar, ochkolar boʻyicha guruh poygasi (U-20):

  1. Farruh Bobosherov (Oʻzbekiston, MV SM) – 74 ochko.
  2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24 ochko.
  3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23 ochko.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchisining kelajakdagi faoliyatiga omad va yorqin gʻalabalar tilab qolamiz.