Artilleriyachilar nazariy olgan bilimlarini amalda namoyon etishmoqda

0
1066

Mudofaa vazirligi qoʻshinlari boʻlinmalarining jangovar salohiyatini oshirish, yurt posbonlarining kasbiy mahorati va koʻnikmalarini mustahkamlash yoʻlida izchil mashgʻulotlar olib borilmoqda. Jumladan, “Fargʻona” dala oʻquv maydonida harbiy okrugning artilleriya boʻlinmalari ishtirokida yozgi lager yigʻinining amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtmoqda.

Navbatdagi mazkur yoʻnalishdagi amaliy mashgʻulotlar erta tongda berilgan signaldan boshlandi. Shaxsiy tarkib divizion komandiri boshchiligida dala oʻquv maydonining oʻquv nuqtalari tomon yoʻl oldi.

Dala oʻquv maydonining oʻquv nuqtalariga yetib kelgach shaxsiy tarkibga amaliy mashgʻulotlar davomida xavfsizlik qoidalariga amal qilish tartibi tushuntirib oʻtildi.

Maʼlumki, shaxsiy hamda guruh qurollaridan amaliy oʻq otish mashqini bajarishda harbiy xizmatchilardan aniqlik va tezkorlik kabi sifatlar talab etiladi. Shu kuni artileriyachi-mutaxassislar kunduzgi va tungi vaqtlarda biriktirilgan oʻqotar qurollaridan oʻt ochish mashqini bajarish orqali oʻz bilimlarini charxlab olishdi. Oʻt ochish mobaynida barcha nishonlar artilleriya qurollarida yuqori aniqlikda yakson etildi. Artilleriyachilar amaliy mashgʻulot davomida berilgan barcha topshiriqlarni aʼlo darajada bajarib, nazariy olgan bilimlarini amalda qoʻllay olish mahoratlarini namoyon etishdi.

Dala oʻquv maydonlarida artilleriya boʻlinmalari bilan lager yigʻini mashgʻulotlari davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati