Mudofaa vaziri kubogi uchun milliy kurash va tosh koʻtarish musobaqalarining Jizzax viloyat bosqichi oʻtkazildi

0
728

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, yoshlarning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʻminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shular jumlasidan Jizzax shahridagi milliy kurash majmuasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida mudofaa vaziri kubogi uchun milliy kurash va tosh koʻtarish musobaqalarining Jizzax viloyati bosqichi oʻtkazildi.

Jizzax garnizoni, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi, Jizzax viloyati sport boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan musobaqa harbiy orkestr sadolari, yurt himoyachilarining koʻrgazmali chiqishlari bilan boshlandi.

Dastlab viloyatdagi mavjud mahallalar va tuman, shahar yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan bellashuvlarda gʻolib boʻlgan polvonlar viloyat bosqichida oʻzaro kurash olib bordi.

Milliy kurash boʻyicha 60, 66, 73 va 81 kilogramm vazn toifasida sportchilar gilamga tushgan boʻlsa, tosh koʻtarishda polvonlar 60, 65, 70, 75 kilogrammda vaznnda birinchilikni egallashga harakat qilishdi.

Shu kuni gʻolib va sovrindor polvonlar faxriy yorliq, diplom va qimmatbaho sovgʻalarni hamda musobaqalarining respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati