Samarqandlik minglab yoshlarni birlashtirgan festival

0
756

Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida davlatimiz rahbari ilgari surgan besh muhim tashabbus asosida keng qamrovli festivallar oʻtkazilib kelinmoqda.

Har bir tuman markazida oʻtkazilayotgan festivallar erta tongdan harbiy orkestr sadolari ostida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni hamda tongi badantarbiya mashgʻulotlari bilan boshlanib, festivalning asosiy qismiga navbat berilyapti.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan navbatdagi festivalda viloyat va tuman sektor rahbarlari, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, keng jamoatchilik hamda tumanlardagi aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus asosida tashkil etilayotgan festivallar davomida tuman yoshlari va yosh harbiy xizmatchilar turli koʻrik tanlovlar hamda sport musobaqalarida ishtirok etishdi.

Festival doirasida Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan harbiy-texnika va qurol-aslahalar hamda qoʻl jangi sahnasi namoyishi etildi — bu yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Festival yakunida tumanlarning eng faol yoshlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi va yigʻilganlar uchun Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasi va respublikamizning taniqli sanʼatkorlari ishtirokida gala-konsert dasturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati