Bilim va koʻnikmalar mustahkamlangan oʻquv-uslubiy yigʻin

0
903

Qoʻshinlar jangovar tayyorgarligini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning har tomonlama amaliy koʻnikmalari va nazariy bilimlarini oshirib borish maqsadida harbiy xizmatchilar bilan oʻquv-uslubiy yigʻinlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Ana shunday oʻquv uslubiy yigʻinlardan biri Sharqiy harbiy okrugning Namangan garnizonida joylashgan harbiy qismda vzvod komandirlari bilan oʻtkazildi.

Dastur boʻyicha 8 ta modul tizimida bilim va koʻnikmalarini mustahkamlayotgan vzvod komandirlari amaliy mashgʻulotlarni dala oʻquv maydonida davom ettirishdi. Unda ishtirokchilar kunduzgi va tungi otish mashgʻulotlarda turli jangovar qurollar orqali nishonlar yakson qilib, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanishda maxsus kiyimlarni tez va toʻgʻri kiyish boʻyicha normativlar bajarishdi.

Harbiy avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va uni soz holga keltirish boʻyicha bir biridan murakkab sinovlarni hamda jismoniy tayyorgarlikdan qisqa va uzoq masofaga yugurish va turnikda tortilish boʻyicha shartlarni bajargan yurt posbonlarining natijalari ham tahsinga sazovor boʻldi.

Ana shu kabi oʻquv uslubiy yigʻinlarning oʻtkazilishi barcha garnizonlarda davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati