Samarqand garnizonida “Eng yaxshi yosh kitobxon” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi

0
721

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonidagi harbiy qismda yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining dastlabki bosqichi oʻtkazildi.

Ushbu koʻrik-tanlovni oʻtkazishdan maqsad — yosh harbiy xizmatchilarnining kitob oʻqishga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada shakllantirish, ular oʻrtasidagi kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishdir.

Tanlovda 9 nafar ishtirokchi uchta shart, yaʼni “Badiiy va maʼnaviy savodxonlik bellashuvi”, “Jahon adabiyoti va oʻzbek adabiyoti bilimdoni” hamda “Men sevgan asar” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan javoblar hakamlar tomonidan odilona baholanib, tanlovning munosib gʻolib va sovrindorlari aniqlandi.

Yakunda gʻolib va sovrindorlarga harbiy qism qoʻmondonligining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati