Qoʻmondon “Yosh vatanparvarlar yigʻini” ishtirokchilari bilan uchrashdi

0
578

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda oʻtkazilayotgan “Yosh vatanparvarlar yigʻini”ning toʻqqizinchi kunida yoshlarning harbiy qismda olgan taassurotlarni bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Oybek Saidov hamda yigʻin ishtirokchilari uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda dastlab okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yoshlarning yigʻin davomida olgan bilimlari, erishgan yutuqlari bilan qiziqib, quvonchi va shijoati ichiga sigʻmayotgan yigitlarga soʻz berdi.

Birin-ketin soʻzga chiqqan yoshlar, kasb-hunarga, tartib-intizomga, tinchlik va ota-onasini qadriga yetganligini ta’kidlab, kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi.

Shundan soʻng, qoʻmondon yoshlarga muddatli harbiy xizmatga borish va ishga qolish tartibi, oliy harbiy taʼlim muassasalarining imtiyozlari, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtdi.

Ushbu maʼlumotlar yigʻin davomida harbiy xizmatga qolish istagida boʻlgan yoshlarni shijoatini oshirib, ularni yanada ruhlantirdi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatda qolish istagini bildirib murojaat qilgan yoshlarga qoʻmondon jismoniy va axloqiy-ruhiy jihatdan aʼlo koʻrsatkichlarni qayd etgan yoshlar uchun alohida ishchi guruh ishlashi, ularni milliy armiyamiz saflarida kontrakt asosida xizmat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini qayd etdi.

Tadbir yakunida harbiy orkestr ijrosida yangaragan shoʻx kuy-qoʻshiqlar, yoshlarning tinch va osuda hayotdan bahra olish undadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati