Sport — sog‘lom hayot garovi

0
1366

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida so‘nggi yillarda sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Harbiy xizmat sharoitida jismoniy tayyorgarlik va sport nafaqat kundalik faoliyat turi, balki qo‘shinlar jangovar tayyorgarligining asosiy qismi hisoblanadi.

Shu maqsadda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda ommaviy sport ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik avvalida okrug qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari so‘z olib, qo‘shinlarda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, harbiy qism shaxsiy tarkibiga sport haftaligida faol ishtirok etishda kuch-quvvat, sabr-bardosh va ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Keng ko‘lamli ommaviy sport ishlari ko‘rigi davomida harbiy xizmatchilar sportning qisqa va yaqin masofalarga yugurish, turnikda tortinish, majmuaviy to‘siqlardan oshib o‘tish kabi mashqlar bo‘yicha sinovdan o‘tdilar.

Ushbu ommaviy sport ko‘rigini o‘tkazilishi harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar orasida sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda kelgusi musobaqalarga tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi, albatta.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati