Oqdaryo va Mirzachoʻl tumanlarida mudofaa vaziri kubogi musobaqalarining 2-bosqichi oʻtkazildi

0
975

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa va Sportni rivojlantirish vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida sportning milliy kurash va tosh koʻtarish turlari boʻyicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalari uchun bahslarning ikkinchi bosqichi davom etmoqda.

Xususan, kuni kecha Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hamda Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida ushbu musobaqaning tuman bosqichlar boʻlib oʻtdi.

Oqdaryo tumanida oʻtkazilgan musobaqada tumandagi 35 ta mahalladan har ikki musobaqaning 4 tadan vazn toifasi boʻyicha gʻolib boʻlgan 280 nafar mahalla yoshlari ishtirok etishgan boʻlsa, Mirzachoʻl tumanida esa 24 ta mahalladan 192 nafar yoshlar o‘zaro bellashdi.

Musobaqa davomida o‘z mahallasida eng kuchli boʻlgan yoshlar gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi va bilagidagi kuchini halol kurash olib borib namoyon etishdi.

Yakunda musobaqa gʻolib va sovrindorlar tuman tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati