Muddatli harbiy xizmatchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi

0
1565

O‘g‘il farzand aqlini tanibdiki, harbiy xizmatchi bo‘lishni orzu qiladi. Vaqti kelganda esa yigitlik burchini bajarishga bel bog‘laydi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ana shunday shijoatli o‘g‘lonlar bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Unda okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Isroil Sobirov bevosita ishtirok etib, askarlar bilan samimiy va ochiq muloqotga kirishdi. Davra suhbati davomida o‘zining askarlik davrlari haqida so‘zlar ekan, u vaqtlardagi mashaqqatli kunlardan farqli bugun harbiy qismlarda yaratilgan sharoitlar a’lo darajada ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, rahbar bilan suhbat chog‘ida askarlar ham faollik ko‘rsatib, kelajakdagi orzu-intilishlari haqida so‘zladi. Suhbatlardan shunisi ayon bo‘ldiki, ularning katta qismi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, hayotini harbiylik kasbi bilan bog‘lamoqchi.

Samimiy va ko‘tarinki ruhda kechgan uchrashuv so‘ngida polkovnik Isroil Sobirov harbiy xizmatning mashaqqatlarini sabot bilan yengib o‘tishda askarlarga kuch-quvvat tilab, bu yo‘lda ularga doim yelkadosh bo‘lishini ta’kidladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati