General Maykl Erik Kurilla O‘zbekistonga tashrif buyurdi

5753

Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligining qo‘mondoni general Maykl Erik Kurilla rahbarligidagi AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatida general Maykl Erik Kurilla rahbarligidagi AQSh harbiy delegatsiyasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbonov tomonidan qabul qilindi.

Qabul davomida har ikki tomon O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar tenglik, ishonch va hurmat, o‘zaro manfaatlarni inobatga olish kabi prinsiplar asosida rivojlanayotgani, strategik sheriklik darajasiga yetganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari, jumladan harbiy va harbiy-texnik sohalarda, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari hamda do‘stona hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti